AsosiySUG'DIYONA

«YuZIMGA BOLALAR KREMI SURTAMAN…»

'«YuZIMGA BOLALAR KREMI SURTAMAN…»'ning rasmi

— Men pardozdan oldin birinchi bo`lib «Detskiy krem Alisa»dan surtaman. Chunki yuz terim quruq. Keyin esa «Krem osnova dlya makiyaja» degan pardoz vositasidan foydalanaman. Bunday ketma-ketlikda pardoz qilishimning zararli ta`siri yo`qmi?

Nozima

Mahbuba MAMANOVA, kosmetolog: — Bolalar kremi quruq yuz terisini namlantirib turish xususiyatiga ega. Bu ketma-ketlikda pardoz qilish mumkin. Faqat havo haroratini hisobga olishni unutmang. Hozirgi sovuq mavsum uchun bunday pardoz vositalarining zarari bo`lmaydi. Biroq issiq mavsumda bunday ketma-ketlik teri kataklarining yog`lashishiga olib kelishi mumkin. Asosiysi, ertalabki pardozni kechga borib, paxtali tampon yordamida tozalashni unutmang. Bunda sizga moychechak yoki ko`k choy damlamalari loson sifatida asqotadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar