1

Qaltis tryuklar ishqibozi

Rekord 14.11.2017, 11:40
Qaltis tryuklar ishqibozi

Oramizda o`z nomini tarixga muhrlash uchun hayotini xavf ostiga qo`yishga tayyor insonlar talaygina. Ana shulardan biri Lyuk Eykinsdir. Bolaligidayoq parashyut sportiga qiziqib qolgan Lyuk 16 yoshida ilk parvozini amalga oshiradi. Keyinchalik instruktor sifatida faoliyat yuritdi, kinoda kaskadyorlik qildi. Uning so`nggi ishlaridan biri “Temir odam-3” kartinasi bo`ldi. Ammo 42 yoshni qoralab qo`ygan Lyukka bularning bari kamdek tuyuldi.

Parvozlarni xush ko`ruvchi amerikalik 7620 metr balandlikdan parashyutsiz sakrab Jahon rekordini o`rnatdi. Ushbu voqea haqiqiy teleshouga aylanib ketdi. “Fox” telekanali Lyuk Eykins jamoasini engil motorli samolyotda kuzatib bordi. Tajribali ekstremal va jonli efir yulduzining chiqishi minglab teletomoshabinlarni o`ziga sehrlab qo`ydi. Lyuk Eykins ushbu qaltis tryukni muvaffaqiyatli bajarish uchun bir yarim yil davomida puxta tayyorgarlik ko`rdi.

Bu vaqt ichida u parashyutda 18 mingdan ziyod sakrashlarni amalga oshirdi. Hisob-kitoblarga ko`ra, qo`nish tezligi soatiga 120-150 milni tashkil etadi. Shu bilan birga 7,6 km.lik masofa 2 daqiqa ichida bosib o`tiladi. Ushbu vaqt mobaynida nafaqat parvozdan zavqlanishga ulgurish, balki qo`nishga tayyorgarlik ko`rish ham kerak edi. Lyuk Eykinsning baxtiga barchasi kutilganidek xotima topdi va u aql bovar qilmas rekord muallifiga aylandi. “Bunga ishonish qiyin. Ta`rifga so`z topolmayapman. Buni aslo takrorlashga urinmang”, dedi Lyuk Eykins tarixiy sakrashni amalga oshirganidan so`ng.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1