1

Qumdan barpo etilgan 15 metrli qal`a

Rekord 14.11.2017, 11:46
Qumdan barpo etilgan 15 metrli qal`a

Germaniyaning Duysburg shahrida qumdan qariyb 15 metrli qal`a barpo etildi. Balandligi 14,5 metr bo`lgan mazkur haykaltaroshlik asarini qurish uchun 3 hafta muddat va 2 tonnadan ziyod qum sarflandi. Loyiha ishtirokchilari 2015 yili Mayamida o`rnatilgan Ginness rekordini yangilashni maqsad qilgandilar. O`shanda 1,8 tonna qum yordamida deyarli 14 metrli qal`a bunyod etilgandi. Biroq germaniyalik rekord ishtiyoqmandlarining sa`y-harakatlari behuda ketdi. Sababi, “Ginness rekordlari kitobi”ning maxsus komissiyasi ko`rik vaqtida qumda qurilish yog`ochlarining qoldiqlari mavjudligini aniqladi va bu holatni qoidabuzarlik deb hisoblab, rekord o`rnatilganini tasdiqlamadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1