1

TIJORAT BANKLARINING LISENZIYaLARI QAYTA RASMIYLAShTIRILDI

Iqtisodiyot 15.11.2017, 11:23
TIJORAT BANKLARINING LISENZIYaLARI QAYTA RASMIYLAShTIRILDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori hamda 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi qonunning 17-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qarorlari bilan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining chet el valyutasida operasiyalarni amalga oshirish uchun berilgan lisenziyalarining amal qilishi tugatildi va bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalari qayta rasmiylashtirib berildi.

Bundan oldin Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga “Tijorat banklariga chet el valyutasida operasiyalarni amalga oshirish uchun lisenziyalar berish qoidalari”ga muvofiq Bosh lisenziya, “Banklarni ro`yxatga olish va ular faoliyatini lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizomga asosan milliy valyutada operasiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalar berilar edi.

“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmon talablariga muvofiq tijorat banklariga xorijiy valyutada operasiyalarni amalga oshirish bo`yicha lisenziya berish amaliyoti bekor qilindi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operasiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1