1

NUKUSDA ChIQINDIDAN KARTON, IP TOLASI, FASAD G`IShTLARI VA KO`MIR-BRIKETLAR IShLAB ChIQARILADI

Iqtisodiyot 18.11.2017, 12:40
NUKUSDA ChIQINDIDAN KARTON, IP TOLASI, FASAD G`IShTLARI VA KO`MIR-BRIKETLAR IShLAB ChIQARILADI

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan olingan 4 million 705 ming dollar miqdoridagi kredit mablag`i evaziga chiqindilarni saralash va qayta ishlovchi "Roodell recovery" korxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan tantanali tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Prezident rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari samarasida aholining bandligi ta`minlanib, yurt obodligi va xalqimiz turmush darajasi yuksalayotganligi ta`kidlandi.

Yiliga 146 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega mazkur korxonaga zamonaviy dastgohlar o`rnatildi, 100 ga yaqin ish o`rni yaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1