AsosiyIqtisodiyot

O`ZBEKISTONDA SUYuLTIRILGAN GAZDA IShLOVChI MAN CLA YuK MAShINALARI IShLAB ChIQARILADI

'O`ZBEKISTONDA SUYuLTIRILGAN GAZDA IShLOVChI MAN CLA YuK MAShINALARI IShLAB ChIQARILADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining Germaniyaga tashrifi va O`zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “O`zavtosanoat” AJ va Germaniyaning MAN Truck & Bus AG kompaniyasi o`rtasida MAN CLA yuk mashinalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo`yicha kelishuv imzolandi.

Bu kelishuvga ko`ra JV MAN Auto-Uzbekistan’ning Samarqanddagi mavjud ishlab chiqarish maydonlarida suyultirilgan tabiiy gazda ishlovchi dvigatelli MAN CLA yuk mashinalari va dvigateli kuchi 440 ot kuchini tashkil qiluvchi, umumiy og`irligi 50 tonnalik MAN CLA samosvallari ishlab chiqariladi.

Loyihani 2019-2020 yillarda amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida Volkswagen Amarok pikaplari va MAN Lion’s Coach avtobuslarini ishlab chiqarish bo`yicha kelishuvlarga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar