1

AVSTRIYa BANKI O`ZBEKISTONLIK YoSh TADBIRKORLARGA IMTIYoZLI KREDITLAR TAQDIM ETADI

Iqtisodiyot 20.11.2017, 14:53
AVSTRIYa BANKI O`ZBEKISTONLIK YoSh TADBIRKORLARGA IMTIYoZLI KREDITLAR TAQDIM ETADI

Avstriyaning etakchi banki kichik tadbirkorlik sub`ektlariga hamda yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratadi. Bu “Trastbank” XAB va Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) o`rtasidagi O`zaro hamkorlik memorandumida ko`zda tutilgan.

Mazkur memorandum kichik tadbirkorlik sub`ektlariga xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish, o`z bizneslarini tashkil etishlariga ko`maklashish hamda yoshlar tadbirkorligi rivojlanishini yanada rag`batlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishni ko`zda tutadi.

“Trastbank” boshqaruvi raisi Sardor Normuhamedovning aytishicha, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish, xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish va bank tomonidan yangi imkoniyatlarni kengaytirishga katta e`tibor qaratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1