my5
all

YaNVAR — OKTYaBR OYLARIDA 141 MING 682 NAFAR QIShLOQ JOYLARDA YaShOVChI FUQARO ISh BILAN TA`MINLANDI

Iqtisodiyot 20.11.2017, 16:29
1425
YaNVAR — OKTYaBR OYLARIDA 141 MING 682 NAFAR QIShLOQ JOYLARDA YaShOVChI FUQARO ISh BILAN TA`MINLANDI

Joriy yilning yanvar — oktyabr oylarida mehnat organlari tomonidan 192 926 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Ularning 90 ming 843 nafari ayollar, 99 ming 99 nafari yoshlar, 141 ming 682 nafari qishloq joylarda yashovchi fuqarolarni tashkil qiladi.

Hisobot davrida 5 ming 812 nafar ishsiz fuqaro kasbga tayyorlandi. 9 ming 305 nafari esa haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Ish so`rab murojaat qilgan fuqarolarning 10 ming 795 nafariga ishsizlik nafaqalari tayinlandi.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo`lmagan shaxslar uchun band qilingan ish o`rinlariga jami 65 ming 626 nafar mazkur toifadagi fuqaro ishga joylashtirildi.

Ularning 42 ming 166 nafarini ta`lim muassasalari bitiruvchilari, 12 ming 97 nafari yolg`iz ota-onalar hamda 14 yoshgacha nogiron farzandi borlar, 1 ming 655 nafari muddatli xarbiy xizmatni o`taganlar, 2 ming 543 nafar nogironlar, 2 ming 58 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar va 5 ming 107 nafarini boshqa toifadagi shaxslar tashkil qiladi.

O`tgan 10 oy davomida 1 ming 20 ta bo`sh ish o`rni yarmarkalari tashkil etilib, mazkur yarmarkada 49 ming 896 korxona o`zidagi mavjud 276 mingdan ortiq bo`sh ish o`rni bilan ishtirok etdi. O`tkazilgan yarmarkalar davomida 42 ming 664 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo`llanma berilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2017 yilning yanvar — oktyabr oylarida bandlik sohasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi axborotda keltirilgan.

Шарҳлар