AsosiySUG'DIYONA

DIQQAT: PARDOZDAGI 10 XATONGIZ!

'DIQQAT: PARDOZDAGI 10 XATONGIZ! 'ning rasmi
  • Tonal kremining noto`g`ri ishlatilishi

Xaddan ziyod ko`p tonal krem surtish va noto`g`ri tanlangan krem turi yuzdagi eng kichik ajinlarni ham ko`rsatib qo`yadi va yoshingizga yosh qo`shadi.

2. Pastki kipriklarni bo`yash

Pastki va yuqori kipriklarga qalin qilib tush surtish ko`zni chaqchaytirib ko`rsatib qo`yishi kamday, butun e`tiborni ko`z tagidagi mayda ajinlarga qaratadi.

3. Lab rangi

Dudoqlarni yorqin rangga bo`yashdan aslo cho`chimang, agar labingiz ingichka bo`lsa, ustidan bo`rttirib kontur surting.

4. To`q rangli tenlar

Butun qovoqqa surtilgan to`q rangli ten yoshingizni katta ko`rsatib qo`yadi. Agar yosh ko`rinishni istasangiz, to`q rangli tenni faqatgina qovoqning ikki burchagiga surting.

5. Pastki qovoqqa surtilgan suyuq qalam

Ko`zni ingicha va kichkina ko`rsatib qo`yadi. Nigohingiz go`zal bo`lishi uchun oq qalamdan foydalaning.

6. Yanoqlardagi yog`upa

To`q, yorqin rangli yog` upalarga hayr deng. E`tiboringizni och pushti, shaftoli ranglariga qarating. Ularni naq yanoqning o`ziga emas, iyakning yuqori qismi, burunga yaqin bo`lmagan joyga surting.

7. Yorqin qoshlar

Yorqin bo`yalgan qoshlar, sizni o`ziga oro bermaydigan ayol qilib ko`rsatib qo`yadi. Va albatta, yoshga yosh qo`shadi. Qoshingiz rangiday rangli qalam va tendan foydalaning.

8. Korrektor ishlatmaslik

Ko`z tagidagi to`q rangli qopchalar hammada bor, tonal kremi bunday nuqsonni berkitmaydi, aksincha yanada sezilarli qilib ko`rsatadi. Bunday vazifani korrektorga topshirganingiz ma`qul.

9. Sayqallanma kontur

Mo`ylov qo`yib olgandek ko`rinishni istamasangiz, lab chetiga kontur qalamidan chizib, so`ng uni ichkariga qarab sayqallab chiqing.

10. Qavat-qavat upa surtish.

Upa yuzda nuqsonlar kam bo`lgandagina uni berkita oladi. Agar yuzni me`yordan ortiq upalab tashlasangiz, uning o`zi yuzda nuqson paydo qiladi. Upani, shunchaki, yuzdagi yaltiroqlikni ketkazish uchungina surting.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar