AsosiySUG'DIYONA
4144

«KO`KRAGIMNING ShAKLI O`ZGARDI»

'«KO`KRAGIMNING ShAKLI O`ZGARDI»'ning rasmi

— Farzandimni ikki yoshgacha emizdim. Emizishni to`xtatganimdan keyin ko`kragimning shakli o`zgarganini sezdim. Buni to`g`rilashning imkoni bormi?

Nigora, 23 yosh, buxoro viloyatidan

Dilobar MIRRAHIMOVA, mammolog: — Bu ko`krakning laktasiyadan keyingi ptozi deyiladi. Bu holat farzandini emizgan ayollarning deyarli barchasida uchraydi. Ayol bolasini emizayotganida ko`krak bezlari sutga to`ladi, hajmi kattalashadi, ko`krak terisi cho`zilib ketadi. Emizish to`xtatilgandan so`ng sut bezlari avvalgi holatiga qaytadi: hajmi kichrayadi, cho`zilgan teri esa qisqarmaydi, balki osilib qoladi. Agar bu holat ayol kishi uchun katta ahamiyatga ega bo`lsa va ayol ko`krak shakli va hajmini tiklashni xohlasa, buni plastik jarrohlik yo`li bilan amalga oshirish mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar