Samsung Galaxy S5 narxi ma`lum bo`ldi

Hi-tech 05.03.2014, 10:02
Samsung Galaxy S5 narxi ma`lum bo`ldi

Samsung kompaniyasi 25 fevral kuni Barselonadagi Mobile World Congress'da taqdim etgan Galaxy S5 smartfoni uchun buyurtma olishni boshladi.  

Hozircha flagman smartfonning Rossiyadagi narxi ma`lum bo`ldi. Galaxy S5  rossiyaliklar uchun qariyb 30 ming rublga tushmoqda, bu esa 830 AQSh dollariga teng degani. Hozircha qurilmaning faqat oq va qora ranglarini harid qilish mumkin. Tilla va ko`k rangdagilari savdoga keyinroq chiqariladi.

Galaxy S5 relizi 11 aprel kuniga rejalashtirilgan. Smartfon bir vaqtning o`zida 150 ta mamlakatda sotuvga chiqadi. Bu sanada Gear Fit fitnes brasletlari, Gear2 Gear va 2 Neo aqlli soatlari sotuvga chiqadi. Ularning narxlari hozircha ma`lum qilinmagan. 

Eslatib o`tamiz, yangi smartfonning ekran dioganali 5,1 dyum, “uyga” (Domoy) mexanik tugmasi barmoq izlari skaner vazifasini bajaradi. Smartfon USB 3.0 qabul qiladi, quvvatlovchi port esa chang va suv tushishidan himoyalangan. Galaxy S5 IP-67 standarti bilan sertifikatlandi. Bu esa smartfonning 1 metr suv ostida  yarim soat tura olishidan darak beradi. Qurilma eng yangi Android-4.4.2 operasion tizimida ishlaydi. Shuningdek, 4 yadroli proesessor, 2 GB operativ hotira va 16-megapikselli kameraga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1