1

“MUSIQA TARIXI, AN`ANALARI ASRLARDAN ASRLARGA O`TIB, BUGUNGI KUNGAChA SAQLANIB KELINMOQDA”

Madaniyat 29.11.2017, 16:14
“MUSIQA TARIXI, AN`ANALARI ASRLARDAN ASRLARGA O`TIB, BUGUNGI KUNGAChA SAQLANIB KELINMOQDA”

“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Media-forum qatnashchilarining mazkur “Mumtoz musiqa kechasi” xususidagi fikrlari bilan qiziqdik...

Kanstantin Kravsov, Davlat Ermitaji sektori mudiri: — Ushbu “Mumtoz musiqa kechasi” hamma mehmonlar qatori meni ham lol qoldirdi, ochig`i, ta`rifga so`z topolmayman. O`zbek xalqining milliy madaniyati namoyishidan shuni anglash mumkinki, musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda.

Ushbu tadbirdagi alohida bir jihatga to`xtalmayman, boisi “Mumtoz musiqa kechasi”dagi har bir chiqish, mehmondorchilikning bari manzur keldi. Yana qaytaraman, milliy liboslar, milliy sozlar, milliy taomlarning bari betakror edi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1