1

AFG`ONISTON PREZIDENTI 2017 YIL 4 DEKABR KUNI TOShKENT ShAHRIGA KELADI

Siyosat 02.12.2017, 09:26
AFG`ONISTON PREZIDENTI 2017 YIL 4 DEKABR KUNI TOShKENT ShAHRIGA KELADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 2017 yil 4 dekabr kuni Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda O`zbekiston va Afg`oniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga mo`ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini muhokama qilish, asosiy xalqaro muammolar va mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, fan-ta`lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Afg`oniston Prezidentining O`zbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham o`rin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-o`qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida ma`ruza qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1