​IChKI BOZOR EHTIYoJI QONDIRILMASA, EKSPORTGA YO`L YO`Q!

Siyosat 02.12.2017, 11:41
​IChKI BOZOR EHTIYoJI QONDIRILMASA, EKSPORTGA YO`L YO`Q!

Prezidentning "2017-2018 yil qish-bahor mavsumida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta`minlash to`g`risida" gi qarori qabul qilindi. Qarorda ta`kidlanishicha, yangi meva-sabzavot mahsulotlarining ichki bozordagi ehtiyojdan ortgan qismigina eksportga yo`naltiriladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 2017-2018 yillarda qish-bahor mavsumida asosiy qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zahiraga g`amlashning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Barcha tuman va shaharlarda aholi va ijtimoiy soha muassasalari qishloq xo`jaligi mahsulotlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlar bilan chakana savdo tarmog`iga ularni barqaror narxlar bilan etkazish orqali ta`minlab boriladi.

Hujjatning to`liq matni bilan lex.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1