Futbol bo`yicha Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradonaning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Matias Morla mijozi o`zining qizlaridan biri hibsga olinishini xohlayotgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda UOL xabar bermoqda.
Oktyabr oyida Maradona o`zining ikki qizi Dalma va Janinnani sudga bermoqchi ekani haqidagi ma`lumot paydo bo`lgandi. Ular go`yoki uning bank hisob raqamlaridan taxminan 1,61 mln. evro o`g`irlashib, pullarni Urugvay bankiga o`tkazib yuborishgan. Diegoning fikricha, qizlarining xatti-harakati ortida sobiq rafiqasi – Klaudiya Vilyafane turgan bo`lishi mumkin.
2015 yilda Diego sobiq rafiqasini o`z bank hisob raqamidan taxminan 7,5 mln. evroni o`g`irlaganlikda ayblagandi.
«Urugvayda bizda Janinna bank hisob raqamlari bilan amaliyotlar o`tkazgani bo`yicha aniq dalillar paydo bo`ldi. Biz uning hibsga olinishini xohlamoqdamiz», - deya xabar bergan advokat.
Sportchining qizi Janinna esa ehtimoliy hibsga olinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga tvitterdagi sahifasida izoh berdi: «Men uning eng yomon narsalarini kechirganman, hamda bugun ham shuni qilaman. Bizning o`rtamizda katta masofa bor, biroq men unga mehrimni yo`llayman hamda undan minnatdor ekanligimni aytmoqchiman, sababi uning yordami bilan hayotda o`z o`rnimni topdim».






