“Formula-1” tashkilotchilari poyganing yangi logotipini taqdim qilishdi. Avvalgi logotip 1993 yildan shu paytgacha qo`llanib kelingandi. 24 yil ichidagi ilk yangi ramz keyingi mavsumdan qo`llana boshlanadi.
Logotip Abu-Dabida o`tgan joriy mavsumdagi so`nggi bosqichdan keyin namoyish qilindi. Ushbu logotip poyga tarixidagi hisob bo`yicha to`rtinchisidir. Birinchi logotip 1950 yildan 1986 yilgacha, ikkinchisi esa 1987 yildan 1993 yilgacha qo`llangan.
2017 yil boshida poyganing rahbariyati o`zgardi. Chempionatga uning ko`p yillik rahbari Berni Ekklstoun o`rniga Cheyz Kerri rahbarlik qila boshladi. Uni rahbar etib poyganing yangi egasi – AQShning Libery Media korporasiyasi tayinlagan. Kerriga Shon Bratches (ESPN vise-prezidenti) hamda Benetton, Ferrari va Brawn GP jamoalarining sobiq texnik prezidenti Ross Braun ko`maklashadi.






