AsosiySport

KRIShTIANU RONALDU “OLTIN TO`P” BILAN TAQDIRLANADI

'KRIShTIANU RONALDU “OLTIN TO`P” BILAN TAQDIRLANADI'ning rasmi

Sovrin topshirish marosimi 2017 yilning 7 dekabr kuni Fransiyada bo`lib o`tadi.

Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2017 yilning 7 dekabr, payshanba kuni “Oltin to`p” sovrinini beshinchi marta qo`lga kiritadi.

Ma`lum bo`lishicha, Ronalduga sovrin Fransiyadagi Eyfel minorasida topshiriladi.

Sovrin topshirish marosimi 7 dekabr kuni “Real” - “Borussiya” klublari o`rtasidagi Evropa Chempionlar Ligasi uchrashuvidan so`ng bo`lib o`tadi.

Ma`lumki, “Oltin to`p–2017” sovrini Fransiyaning taniqli nashri “France Football” tomonidan taqdim etiladi.

Eslatib o`tamiz, oktyabr oyining boshlarida 30 nafar nomzod ismlari e`lon qilingandi.

Darvozabonlar: Yan Oblak ("Atletiko"), Janluijji Buffon ("Yuventus"), David de Xea ("Manchester Yunayted").

Himoyachilar: Serxio Ramos ("Real"), Mats Xummels ("Bavariya"), Leonardo Bonuchchi ("Milan"), Marselo ("Real").

Yarim himoyachilar: Luka Modrich ("Real"), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Toni Kroos ("Real"), Sadio Mane ("Liverpul"), Eden Azar ("Chelsi"), Isko ("Real") Kilian Mbappe ("PSJ"), Ngolo Kante ("Chelsi"), Filippe Koutino ("Liverpul"), Dris Mertens ("Napoli"), Antuan Grizmann "Atletiko").

Hujumchilar: Neymar ("PSJ"), Paulo Dibala ("Yuventus"), Luis Suares ("Barselona"), Robert Levandovski ("Bavariya), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Edin Jeko ("Roma"), Radamel Falkao ("Monako"), Lionel Messi ("Barselona"), Per-Emerik Obameyyang ("Borussiya" D), Edinson Kavani ("PSJ"), Karim Benzema ("Real"), Krishtianu Ronaldu ("Real").

Ma`lumot uchun, jahonning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa so`nggi 9 yil davomida Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldular ega chiqib kelishadi. Messining “Oltin to`p”lari Ronaldunikidan bitta ko`p.

Bundan oldin Ronaldu ushbu sovrinni 2008, 2013, 2014 va 2016 yillarda qo`lga kiritgandi.

    Boshqa yangiliklar