AsosiyRekord

Jeyson Brinklet qariyb 13 soat musiqa chaldi

'Jeyson Brinklet qariyb 13 soat musiqa chaldi'ning rasmi

Angliyaning Dagenem shahrida yashovchi Jeyson Brinklet uzoq vaqt baraban chalish bo`yicha Ginness rekordini o`rnatganidan so`ng shifoxonaga tushib qoldi, deb xabar beradi Nur.kz.

44 yoshli erkak 12 soatu 5 daqiqa va 5 soniya zarbli cholg`u asbobini chalgan.

Rekord qayd etilishi bilan Brinklet bilagini his qilmayotganini bildirdi. Shifokorlar uning qo`li shikastlanganini qayd etdi. Rekordchi baraban chalishni boshlaganidan 8 soat o`tgach, og`riqni his qilganini, biroq chekinishni istamaganini ta`kidladi.

Baraban chalish bo`yicha avvalgi rekord 2013 yilda filippinlik Jastin Daniel Ardega tegishli edi. Uning ko`rsatkichi 12 soatu 3 soniyani tashkil qilgandi.

    Boshqa yangiliklar