AsosiySiyosat

7-8 DEKABR KUNLARI O`ZBEKISTON TIV DELEGASIYaSI EXHT MAJLISIDA IShTIROK ETADI

'7-8 DEKABR KUNLARI O`ZBEKISTON TIV DELEGASIYaSI EXHT MAJLISIDA IShTIROK ETADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytining xabar berishicha, ertaga vazirlik delegasiyasi Avstriya poytaxti Vena shahrida bo`lib o`tadigan ikki kunlik Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24-majlisida ishtirok etadi. Har yili bir marta tashkil etiladigan yig`ilishda 57 ta mamlakatdan vakillar xavfsizlikka oid masalalarni muhokama qilishadi hamda EXHTning faoliyatini tahlil qilishadi.

Eslatib o`tamiz, shu yil noyabr oyida Prezident Shavkat Mirzieev EXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashuvi chog`ida tashkilot bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirgan edi.

    Boshqa yangiliklar