1

AShRAF G`ANI – BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FAXRIY DOKTORI BO`LDI

Siyosat 06.12.2017, 17:12
AShRAF G`ANI – BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FAXRIY DOKTORI BO`LDI

Afg`oniston Prezidenti universitet professor-o`qituvchilari va talabalari huzurida ma`ruza qildi. Xabar qilganimizdek, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi va bu erdagi professor-o`qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi. Mazkur universitet mamlakatdagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Undagi 8 fakultetda 7 mingdan ziyod talaba va magistr ta`lim olmoqda.

Afg`oniston Prezidenti universitet professor-o`qituvchilari va talabalari huzurida ma`ruza qildi.

Muhammad Ashraf G`aniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to`g`risida diplom topshirildi.

Dunyo ilm-fani va islom olamida katta o`rin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzuim edi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoevga bu imkoniyatni yaratib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. O`zbekiston zaminidan Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar etishib chiqqan. Bu erda ta`lim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib bo`lib voyaga etishmoqda, dedi Prezident Muhammad Ashraf G`ani.

O`zAning xabar iqlishicha, Afg`oniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1