— Men homiladorlikning 7-oyidaman. Yaqinda dopplerometriya tekshiruvidan o`tdim. Meni tekshirgan shifokor «homilang oyiga nisbatan katta», deb, parhez qilishimni maslahat berdi. Homiladorlarga qanday parhezlar tavsiya etilishi haqida ma`lumot bersangiz.
Hilola, 24 yosh, Andijon viloyatidan
Yulduz EShANOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog: — Doppler tekshiruviga qo`shimcha tarzda o`zingiz nazoratda bo`lgan shifokorga murojaat etib, u tomonidan olib boriladigan grafidogramma bo`yicha homila muddatini va muddatiga nisbatan katta yoki kichikligini aniqlashingiz mumkin. Parhezga kelsak, uning homila katta yoki kichik bo`lishiga umuman aloqasi yo`q. Lekin homilador ayollarga 35-haftadan keyin sho`r, achchiq, qovurilgan va xamirli taomlarni iste`mol qilmaslikni maslahat beramiz. Chunki bunday taomlar homiladorlik davrida uchraydigan og`ir va asoratlarga olib keladigan kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.
06.08.2021, 17:47
CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...26.12.2017, 13:12
— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...26.12.2017, 13:08
— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...26.12.2017, 11:36
Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...