FARG`ONADA GO`ShTNING NARXI ROSTDAN 26 MING SO`M!

Iqtisodiyot 07.12.2017, 10:40
FARG`ONADA GO`ShTNING NARXI ROSTDAN 26 MING SO`M!

Farg`ona viloyatida go`sht narxi oshib, do`konlarda 38 ming so`m, bozor rastalarida esa 35 ming so`m sotilayotgan edi. Narxlardagi bu ko`rinish xaridorlar uchun albatta qimmat. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq hamda virtual qabulxonalariga go`sht bilan savdo qilishda narxlar barqarorligini so`rab qilinayotgan murojaatalar ham bo`lgan.

Viloyat aholisini sifatli va arzon baholarda qishloq xo`jalik maxsulotlari, ayniqsa go`sht bilan ta`minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ichki iste`mol bozorlarida mol va qo`y go`shti narxlari asossiz ravishda oshib ketishining oldini olish bo`yicha qo`shimcha choralar belgilanyapti. Istemolchilarni go`shtga bo`lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda tashkil etishga esa talab katta.

Farg`ona viloyati hokimiligida o`tkazilgan yig`ilishda Markaziy dehqon bozorlariga arzon narxlarda go`sht etkazib bergan fermer xo`jaliklariga barcha sharoitlarni yaratish, ular tomonidan olib borilgan mahsulotlarni belgilangan narxlarda, ya`ni 1 kg mol go`shti 26 ming, 1 kg qo`y go`shti 30 ming so`mdan sotilishini ta`minlash haqida qaror qabul qilingan.

Ayni kunlarda Marg`ilon shahar hokimligi tashabbusiga ko`ra, shahardagi Yangi Marg`ilon va Ipakchilar shaharchalarida hamda Chilonzor MFY hududlariga arzon maxsulotlar yaramarkasi tashkil etilgan. Yarmarkalarda xaridorlar arzonlashtirilgan go`sht maxsulotlarini belgilangan tarbida sotib olish imkoniyatiga ega bo`lishmoqda.

Savdo yarmarkalariga maxsulotlar Yozyovon, Qo`shtepa, Toshloq va Buvayda tumanlaridagi fermerlar tomonidan etkazib berilmoqda. Bir kunda tumanlardan jami 1 yarim tonnadan ortiq go`sht olib kelinayotgan bo`lsa, bunga qo`shimcha tarzda shahardagi qushxonalardan ham 2 tonnaga yaqin maxsuloti bozor rastalariga olib chiqilishi yo`lga qo`yilgan.

Chorvachilik fermer xo`jaliklariga viloyat Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi tomonidan berilgan taqsimotga asosan sotilgan 1 kilogramm mol va qo`y go`shti uchun 10 kilogramm shrot va 10 kilogramm sheluxa etkazib berilishi ta`minlanmoqda.

Maxsulotlar yarmakasida shuningdek piyoz, kartoshka, turp, sholg`om, sabzi, guruch, shakar singari iste`mol maxsulotlarini ham arzon narxlarda sotib olish mumkin. Ayni kunlarda maxsulotlarni naqt pulga sotib olish imkoniga egasiz, shahar hokimligi tashabbusi bilan tez kunda xaridorlar go`sht va boshqa maxsulotlarni plastik kartochkalarga sotib olish imkoniyatiga ham ega bo`lishadi.

Savdo yaramarkalari faqat bayram arafalarida emas, doimiy ravishda davom ettirilishi ko`zda tutilgan. Mol go`shtini 26 ming so`m, qo`y go`shtini esa 30 ming so`mdan oshirib sotilishiga ruhsat berilmaydi. Hokimlik tomonidan tashkil etilgan arzon maxsulotlar yarmarkasida o`zboshimchalik bilan go`shtni narxini oshirib olgan, sifatsiz maxsulotni sotayotgan tadbirkorlarga o`rnatilgan tartibda chora ko`rilishini eslatib o`tish joyiz.

Ahror Ziyo, Farg`ona

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1