O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQShga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Endryus” aviabazasida davlatimiz rahbarini AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Missisipi shtati Milliy gvardiyasi birlashgan shtabi qo‘mondoni Jeyms Henkins va boshqa rasmiy shaxslar, Vashingtonda ajratilgan qarorgohda esa AQSh Prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli kutib oldi.
AQShga tashrif doirasida Prezidentimiz Tinchlik kengashining birinchi sammiti va bir qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.






