AsosiySiyosat

Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

Bir qator davlatlar G‘azo sektorida tashkil etilayotgan Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari (ISF) tarkibida ishtirok etish uchun o‘z harbiy bo‘linmalarini yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya G‘azo sektorida xizmat qilish uchun xalqaro kontingent tarkibiga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Misr va Iordaniya politsiya kuchlarini tayyorlash jarayonida ishtirok etishga sodiqligini tasdiqlagan.

ISF kuchlarini dastlab G‘azo sektorining janubiy qismidagi Rafah hududiga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Ushbu hududda politsiya tayyorgarligi tashkil etilib, keyinchalik kuchlar bosqichma-bosqich sektorlar kesimida kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Uzoq muddatli rejaga muvofiq, hududga 20 ming nafar harbiy xizmatchi hamda 12 ming nafar politsiya xodimini joylashtirish rejalashtirilgan.

19 fevral kuni Vashington shahrida yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda AQSh prezidenti Donald Trump bir qator davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Sauudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Quvayt tomonidan G‘azo sektoriga 7 milliard dollardan ortiq yordam ajratilganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida harbiy bo‘linmalar, tibbiyot xodimlari hamda kuzatuvchilarni yuborishga tayyorligini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, fuqarolik-harbiy muvofiqlashtirish doirasida bunday tashabbuslar Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.

    'Oʻzbekiston prezidenti Vashingtonga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat 18.02.2026 04:56

    Oʻzbekiston prezidenti Vashingtonga yetib bordi

    AQShga tashrif doirasida prezident Tinchlik kengashining birinchi sammiti va bir qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

    'Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:53

    Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi

    Shavkat Mirziyoyev ipakchilik va pillachilik sohasini rivojlantirish yuzasidan takdimot bilan tanishdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:32

    Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.

    17 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi.

    'Prezident AQSHga tashrif buyuradi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 03:16

    Prezident AQSHga tashrif buyuradi

    O‘zbekiston yetakchisining Qo‘shma Shtatlarga tashrifidan nima kutilmog‘da?