«O`ZGEOINVEST-2017» ANJUMANIDA 3 TA INVESTISIYaVIY BITIM TUZILDI

Iqtisodiyot 08.12.2017, 08:54
«O`ZGEOINVEST-2017» ANJUMANIDA 3 TA INVESTISIYaVIY BITIM TUZILDI

O`zbekiston qattiq foydali qazilmalarning investision salohiyati - “O`zgeoinvest-2017” mavzuidagi anjumanda 20 dan ziyod kompaniyalari vakillari yurtimizda geologiya va konchilik sohasida yaratilgan qulay investision muhit va sharoitlar doirasida taklif etilayotgan hamkorlik yo`nalishlarini o`zaro muhokama qildilar.

Xalqaro anjumanda xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo`yicha uchta investisiyaviy bitim tuzildi. Unga binoan, dastlab geologiya-qidiruv ishlarini o`tkazish uchun 8 million AQSh dollari va keyinchalik kon topish istiqbollari aniqlanganidan so`ng 30 million AQSh dollaridan ortiq to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1