AsosiySUG'DIYONA
5871

«ShIShLAR XAVFLI EMASMI?»

'«ShIShLAR XAVFLI EMASMI?»'ning rasmi

Homilam 8 oylik bo`ldi. Qo`l-oyoqlarim shishib ketayapti. Buning menga va homilamga zarari yo`qmi? Davolash mumkinmi?

Hilola, 24 yosh, Andijon viloyatidan

Yulduz EShANOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog: — Qo`l-oyoqlardagi shishlar homiladorlik davrida uchraydigan xavfli belgilardan biri hisoblanadi. Z5-haftadan keyin homilador ayollarga parhez buyuriladi. Ta`qiqlangan taomlar tarkibida organizmdan suvning chiqib ketishini sekinlashtiruvchi moddalar bor. Shuning natijasida tanada to`planib qolayotgan suvlar shishlarni keltirib chiqaradi. Homiladorlikning bu davrida homila kattalashib, buyraklarga bosim berib, ishlashini qiyinlashtirayotgani ham yana bir sabab. Shishlar homila va homilador ayol uchun xavfli bo`lib, uning oqibatida ayolda qon bosimi oshishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun kun davomida ichadigan suyuqlik miqdorini nazorat qiling. Ichiladigan bir kunlik suv miqdori 2 litrdan oshmasin. Albatta o`zingiz nazoratda bo`lgan shifokorga murojaat qilib, davolanishingizni tavsiya etamiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar