JORIY YILDA FOND TOMONIDAN QANChA GRANT AJRATILGANI MA`LUM BO`LDI

Iqtisodiyot 15.12.2017, 14:36
JORIY YILDA FOND TOMONIDAN QANChA GRANT AJRATILGANI MA`LUM BO`LDI

O`zA ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida «Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan ijtimoiy sherikligi: amaliyot va natijalar» mavzuida anjuman tashkil etildi.
Unda Adliya vazirligi jamoat birlashmalari boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchi Zikrilla Mahmudov va boshqalar NNTlar ijtimoiy sheriklikning huquqiy mexanizmlari asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar muammolarni hal etish bo`yicha faol hamkorlik qilib kelayotganini ta`kidladi.

2017-yilning 11 oyi davomida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash yuzasidan 189 loyihaga 4 milliard 400 million so`m davlat granti, 7 loyihaga 4 milliard 270 million so`m davlat subsidiyasi va 9 loyihaga 2 milliard 70 million so`m davlat ijtimoiy buyurtmasi berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1