1

SENATDA IChKI IShLAR VAZIRI AXBOROT BERDI

Siyosat 21.12.2017, 11:43
SENATDA IChKI IShLAR VAZIRI AXBOROT BERDI

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida O`zbekiston ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to`g`risidagi axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta`minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va shu orqali jamiyatimizda tinch va osuda hayotni ta`minlash borasida yangi mexanizm joriy etildi.

Oliy Majlisi Senati tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari ustidan kuchli jamoatchilik va parlament nazoratini o`rnatish tizimi yo`lga qo`yildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarni yangi bosqichga ko`tardi.

Ichki ishlar organlarida hokimlik, prokuratura va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda har bir mahalla miqyosida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, noxush holatlarga zamin yaratayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo`yicha ilmiy asoslangan “harakatlar formulasi” asosida ish tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar organlari quyi bo`g`in bo`linmalarini kuchaytirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar hamda sektorlarda samarali ishni tashkil etish, aholining eng muhim muammolarini echish orqali ularning ishonchini oqlash va jamoatchilik kuchidan ko`proq foydalanilishi natijasida respublika hududida jinoyatlarning kamayishiga erishildi.

Jumladan, joriy yilda mamlakatimizda jinoyatlar o`tgan yilning shu davriga nisbatan 11 ming 788 taga, jinoyat qidiruv yo`nalishidagi jinoyatlar 5 ming 722 taga pasaygan. Ularni turlari bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak: qotillik 122 taga, qasddan badanga og`ir tan jarohati etkazish 94 taga, nomusga tegish 92 taga, bosqinchilik 78 taga, talonchilik 142 taga, o`g`irlik 511 taga, firibgarlik 107 taga, bezorilik 848 taga, transport vositalarni olib qochish 17 taga kamaygan.

Profilaktika inspektorlariga samarali xizmat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani ularning xizmat samaradorligi oshishiga zamin yaratmoqda. Joriy yilda mamlakatimizning 1 ming 79 mahallasida bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo`l qo`yilmadi.

Eng muhimi, Xorazmda “Jamoatchilik nazorat maskanlari” yo`lga qo`yilgani evaziga mavjud mahallalardan 25 foizi, Namangan shahri “Orzu” mahallasidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanilishi natijasida viloyatning 20 foiz mahallasi jinoyatdan holi hududga aylantirilishiga erishildi.

Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasida 107, Surxondaryoda 139, Jizzaxda 53, Navoiyda 52, Andijonda 126 mahallada jinoyat sodir etilmadi.

Bunda Prezidentimiz tashabbusi asosida har haftaning payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, chorshanba kuni “Yong`inlar profilaktikasi” tadbirlari o`tkazilayotgani o`zining ijobiy samarasini berayotir.

Shunga qaramay, jinoyatchilik statistikasi olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga hali javob bermasligini ko`rsatmoqda. Amalga oshirilgan kompleks islohotlarga qaramasdan, ayrim rahbar xodimlar tomonidan uning mazmun-mohiyatini to`liq tushunmasdan, o`ziga to`g`ri xulosa chiqarmasdan, hanuz eski qolip asosida ish olib bormoqda. Buning oqibatida qator hududlarda og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarning oshib ketishiga, qidiruvda yurgan shaxslarning soni kun sayin oshib borishiga sabab bo`lmoqda.

Majlisda bunday holatlarga barham berish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1