1

​O`N UChINChI YaLPI MAJLISDA SENATORLAR MA`QULLAGAN MUDOFAA DOKTRINASI NIMAGA XIZMAT QILADI?

Siyosat 21.12.2017, 14:18
​O`N UChINChI YaLPI MAJLISDA SENATORLAR MA`QULLAGAN MUDOFAA DOKTRINASI NIMAGA XIZMAT QILADI?

Senatorlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni ko`rib chiqildi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilab qo`yilgan vazifalarni ijro etish doirasida tayyorlangan.

Senatorlarning ta`kidlashicha, O`zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi harbiy sohadagi milliy xavfsizlikni ta`minlashga doir rasmiy qarashlar, prinsiplar va yondashuvlar tizimini o`zida ifodalaydi. Hujjat respublikaning qonun hujjatlariga va xalqaro huquq normalariga asoslanadi, mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, hozirda yuz berayotgan harbiy nizolar xususiyatidan kelib chiqadi, shuningdek, mudofaa sohasidagi davlat siyosatining istiqboldagi ustuvorliklarini, Qurolli Kuchlarni tayyorlash, tashkil etish va qo`llash asosiy prinsiplarini hamda yo`nalishlarini belgilab beradi.

Shuningdek, harbiy sohada milliy xavfsizlikka tahdidlar ko`lami o`zgarishiga, harbiy-siyosiy vaziyat shart-sharoitlariga hamda hozirgi harbiy nizolar xususiyatiga, mamlakatimiz harbiy tuzilmani rivojlantirish vazifalari va yo`nalishlariga qarab Mudofaa doktrinasining ayrim qoidalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlik kiritilishi va to`ldirilishi mumkin. Bunda harbiy xavfsizlikni ta`minlash sohasidagi davlat faoliyatining ustuvor yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni tomonidan aniqlashtiriladi.

Mudofaa doktrinasi ochiq xususiyatga ega, bu esa shunga o`xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Hujjat O`zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo`shnilar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantirish ustunligini mustahkamlaydi va rivojlantiradi, shuningdek, mamlakatimiz mudofaa siyosatining shaffofligini ta`minlaydi, xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratadi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1