1

«AJRAShSAM SEPIMNI QAYTARIShAR EKAN...»

Savol-javob 21.12.2017, 18:37
«AJRAShSAM SEPIMNI QAYTARIShAR EKAN...»

Turmush o`rtog`im ozodlikdan mahrum etilgan. Qaynonam «Yashattirmayman» deb ajrashtirish payiga tushib qolgan. O`g`li qamoqda bo`lsa ajrim masalasi qanday hal qilinadi? Qachon sudga ariza bersam, o`shandagina ko`chimni olib ketishim mumkin ekan. Shu to`g`rimi? Ariza berishdagi davlat bojini ham men to`laymanmi? Bir tanishim sen to`lamaysan degandi.

Mehribon Isoqova, Olmaliq shahri

Mazkur vaziyatda mulkiy davoingiz bo`lmasa (sepni qaytarish) O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 43-moddasi 3-bandiga asosan er-xotindan birining arizasiga ko`ra FHDYo bo`limiga murojaat etish mumkin. Sepni qaytarish haqidagi da`vo talabi bilan esa fuqarolik sudiga ariza keltirasiz. Davlat bojini kechiktirish masalasida ham ariza bilan yuzlanish mumkin bo`ladi.

Manba: «Sug’diyona» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1