1

DAVLATIMIZNING OLTIN-VALYuTA ZAXIRALARI 1,1 MILLIARD AQSh DOLLARIGA KO`PAYDI

Iqtisodiyot 22.12.2017, 11:14
DAVLATIMIZNING OLTIN-VALYuTA ZAXIRALARI 1,1 MILLIARD AQSh DOLLARIGA KO`PAYDI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O`zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Murojaatnomasini taqdim etmoqda.

"Milliy valyutamizni erkin konvertasiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo`ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operasiyalari hajmi liberalizasiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o`rtacha 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari 1,1 milliard AQSh dollariga ko`paydi", dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo`lga qo`yildi va bu hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo`yicha ish olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1