AsosiySport

Sindorov Nomzodlar turnirida peshqadamlikni mustahkamlamoqda

Ushbu turnirda u dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri sanalgan Vey I ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

'Sindorov Nomzodlar turnirida peshqadamlikni mustahkamlamoqda'ning rasmi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Ushbu turda u dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri sanalgan Wey I ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

6 ta partiyadan 5,5 ochko jam‘g‘argan Sindorov turnir jadvalida yakka yetakchilikni saqlab turibdi.

Ma’lumot uchun, musobaqa jami 14 turdan iborat bo‘lib, 15 aprelgacha davom etadi.

Qayd etilishicha, Sindorov 2025 yilgi Jahon kubogi finalida ham aynan Wey I ustidan tay-breykda g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashish imkoniyini beruvchi ushbu nufuzli turnirda ishtirok etayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi. U musobaqani rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etish bilan boshlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi'ning rasmi

    Sport 12.04.2026 15:59

    FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi

    FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yinlar qur’a bo‘yicha belgilangan maydonlarda o‘tkazilishini bildirdi.

    'Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi'ning rasmi

    Sport 11.04.2026 16:10

    Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi

    Arsenal o‘z maydonida Bournemouthga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

    '"Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi'ning rasmi

    Sport 05.04.2026 12:41

    "Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi

    Van Deyk muxlislaridan uzr soʻradi.

    'Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi'ning rasmi

    Sport 04.04.2026 07:32

    Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

    Gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

    'Sindorov Karuanani yengib, Nomzodlar turnirida yakka peshqadamga aylandi'ning rasmi

    Sport 02.04.2026 02:39

    Sindorov Karuanani yengib, Nomzodlar turnirida yakka peshqadamga aylandi

    O‘zbekistonlik grossmeyster Sindorov Kiprda o‘tayotgan nufuzli musobaqaning 4-turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    'Abdulqodir Husanov "Manchester Siti"da oy futbolchisi bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 01.04.2026 16:56

    Abdulqodir Husanov "Manchester Siti"da oy futbolchisi bo‘ldi

    O‘zbekistonlik himoyachi mart oyi yakunlariga ko‘ra muxlislar ovoz berishida g‘olib chiqdi. U Rodri va Jeremi Dokudan ustun keldi.