1

NAVIGATOR VA PULT VAZIFASINI BAJARUVChI KURTKALAR

Hi-tech 22.12.2017, 15:42
NAVIGATOR VA PULT VAZIFASINI BAJARUVChI KURTKALAR

Yangi elektron kiyim og`iringizni engil qilishi shubhasiz...

Sizning kurtkangiz bir vaqtning o`zida ham jismoniy harakatingizni belgilovchi navigator, ham audiopleer boshqarish uchun pult va hattoki, smartfonlar uchun to`la biriktirilgan funksiyalar jamlanmasi vazifasini bajarishini xohlaysizmi? Taniqli kiyimlar ishlab chiqaruvchi LEVI’Sva Google ATAPkompaniyalari hamkorlikda “yangi zamonaviy” kiyim yaratishdi. Mazkur kurtkaning hamma joylari elektron qurilmalar bilan o`ralgan.

Sezgir elektron uskunadan tikilgan bo`lib, odatiy harakatlar bilan kiyimni tashqi ta`sir va foydalanuvchining buyrug`i orqali smartfonda ham turli vazifalarni bajara oladi. Masalan, tirband yo`llar haqida oldindan ma`lumot berish, ob-havoni keskin o`zgarishidan boxabar qilish, yaqin joyda joylashgan restoran va boshqa turli maskanlarni aniqlash kabi. Yoki eng oddiy funksiyasi: tinglanayotgan musiqani boshqasiga o`tkazish. Mutaxassislarning aytishicha, kurtkani shu yilning kuz oyidan boshlab xarid qilish mumkin. Aslida mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilar mazkur kurtkani oldinroq sotuvga chiqarishni rejalashtirishgan. Ammo kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar loyihani to`la tugallanmaganliklari sababli sotuv muddati kechiktirildi. Eng qizig`i, bu turdagi kurtkalarni ham odatdagilari kabi yuvish, tozalash va hattoki quritish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1