SAMARQANDDA BIR VAQTNING O`ZIDA BEMOR AYoL TANASINING BEShTA QISMIDA KAMINVAZIV YO`L BILAN JARROHLIK AMALIYoTI O`TKAZILDI

Iqtisodiyot 23.12.2017, 14:30
SAMARQANDDA BIR VAQTNING O`ZIDA BEMOR AYoL TANASINING BEShTA QISMIDA KAMINVAZIV YO`L BILAN JARROHLIK AMALIYoTI O`TKAZILDI

Bemorda bir necha yil oldin qorin churrasi paydo bo`lgan va ko`p o`tmay churra kattalashgan. Onaxondagi ikkinchi kasallik, o`t-tosh kasalligi. Sekin-asta rivojlanayotgan bu kasallikda bemor qovurg`asi ostida bir necha yillar davomida kuchli og`riqni his qilib kelgan. Shuningdek, mioma, ya`ni bachadon devorida o`sma paydo bo`lgan.

Tekshirish davomida shifokorlar bemorda yana bir kasallikni aniqladi. Diafragmaning qizil-o`ngach kovagi churrasi, birvarakayiga 5ta kasallik alomati ayol sog`ligiga katta xafv solib turgan.

Qariyib, 30 yillik tajribaga ega jarroh Surat Azimov, bemor ayolning yoshi kattaligi, uning ustiga salomatligi bilan bog`liq muammolar etarlicha ekanliga qaramay zamonaviy yondashuvni qo`lladi.

Bemorning yaqinlari xavotirda edi. Bunday murakkab jarrohlik amaliyoti Samarqandda oldin bo`lmagani uchun, Surat Azimov Ukrainalik tibbiyot fanlari nomzodi, Sergey Baydoni Samarqandga taklif qildi.

Sergey Baydo Ukrainada muvafaqqiyatli laparoskopik operasiyalari bilan tilga tushgan. Operasiyani muvofaqiyatli o`tkazish, bemorga iloji boricha kamroq jaroxat etkazish – bu zamonaviy jarrohlikning asosiy vazifasi deydi-oliy toifali jarroh Sergey Baydo.

Surat Azimov hamda Sergey Baydo amalga oshirgan jarrohlik ishini videokuzatuv orqali Samarqandlik jarrohlar, onkologlar, ginekologlar va yosh shifokorlar kuzatib bordi. Tibbiyotga kirib kelgan bu usul bemorga engilik yaratadi. 66 yoshli bemor operasiyadan 4 kun o`tib, uyiga qaytdi.

Mavluda ayaning sog`lig`i bilan bog`liq muammolar ortda qoldi.

Samarqandda qo`li engil jarroh sifatida tanilgan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi shifokori, laparoskopik jarrohlik amaliyotini keng joriy etish kerakligini, bu usul operasiya jarayonidan so`ng bemor o`zini tez fursatda tiklay olishini aytmoqda.

Bugungi kunda o`sma va zararlangan a`zoni olib tashlash uchun ko`krak va qorin devorini kesish shart emas, - deydi lavhamiz qahramoni Surat Azimov.

Operasiya Samarqand viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Samarqand shahar tibbiyot markazi jarrohlari hamkorligida o`tkazildi.

Mo``tabar Nurmuhammedova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1