AsosiyIqtisodiyot

BUGUN TOShKENTDA “XITOY – QIRG`IZISTON – O`ZBEKISTON” TEMIR YO`LI LOYIHASI MUHOKAMA QILINADI

'BUGUN TOShKENTDA “XITOY – QIRG`IZISTON – O`ZBEKISTON” TEMIR YO`LI LOYIHASI MUHOKAMA QILINADI'ning rasmi

Bugun, 27 dekabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi delegasiyalarining “Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston” temir yo`li loyihasi bo`yicha uch tomonlama uchrashuvi bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xitoy delegasiyasiga Rivojlanish va islohotlar bo`yicha davlat qo`mitasi departamenti Bosh direktori o`rinbosari Chjen Chiping, Qirg`iziston delegasiyasiga Transport vaziri Jamshitbek Kalilov va O`zbekiston delegasiyasiga “O`zbekiston temir yo`llari” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Akbar Shukurov boshchilik qiladi.

2017 yil 25 dekabrdan uch mamlakat vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan navbatdagi uchrashuv materiallari tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar