1

«U DEYIShDI, BU DEYIShDI BOLA PULINI BERIShMADI!»

Savol-javob 27.12.2017, 17:01
«U DEYIShDI, BU DEYIShDI BOLA PULINI BERIShMADI!»

— Turmush o`rtog`imga marfana (autosom-dominant xastalik) kasalligi tashxisi qo`yilib, I guruh nogironligi belgilandi. Bir nafar qizalog`imiz bor, yaqinda bilsak, unga ham otasining xastaligi o`tgan ekan. Ammo gap bunda emas. Ayni dam biz oilamiz bilan Chirchiq shahridagi yotoqxonalardan birida yashayapmiz. Farzandimga ikki yoshgacha bola pulini olish maqsadida mahallaga murojaat qilsam, «Qaerda ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, o`sha erga boring», deyishdi. Erim Toshkent viloyatida, ota-onasining uyiga «propiska» qilingan. Men esa Samarqand viloyati, Nurota tumani, Ogron qishlog`ida doimiy yashash ro`yxatida turaman. Bu vaziyatda ikki yoshgacha bola pulini qaerdan olishimiz mumkin?

Savol telegram orqali kelgan.

— Vazirlar Mahkamasining «Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida»gi №44 sonli qaror, 3-bo`lim, 12-bandiga asosan, bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro`yxatdan o`tish) joyi bo`yicha fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig`i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a`zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo`yicha nafaqa esa bolaning onasi yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a`zolar bo`lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a`zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo`yicha tayinlanishi mumkin.

Ayni vaziyatda mahalla fuqarolari yig`inining talabi o`rinli. Ikki yoshgacha beriladigan moddiy yordam pulini olish uchun doimiy yashash va ro`yxatdan o`tish joyi bo`yicha murojaat qilishingiz lozim.

Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1