1

«MAShINANI OLDIM, BOLALARIMNING ULUShI NIMA BO`LADI?»

Savol-javob 28.12.2017, 16:10
«MAShINANI OLDIM, BOLALARIMNING ULUShI NIMA BO`LADI?»

Murojaatga advokat Nafisa IBRAGIMOVA hamda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi bo`lim boshlig`i Begzod OLIMOV javob beradi. Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.

— Bundan o`n oy avval erim bilan janjallashib, ota-onamning uyiga qaytib kelganimcha, ortimga qaytmadim. Bir oy avval sudda mol-mulk musodarasi bo`lib o`tdi. Men nikoh davrida sotib olingan uydagi ulushimdan voz kechib, uning o`rniga mashinani so`radim. Sud da`vomni qabul qildi. Uydan ulush olish huquqimni yo`qotgan bo`lsam-da, bolalarimning ulushi saqlanib qolindimi? Yo ular otasining ulushiga nisbatan merosxo`r hisoblanishadi xolosmi?

Ismi sir tutiladi.

— Nikoh davrida orttirilgan mulkka nisbatan er-xotinning ulushi teng baravar, ikkidan bir qismni tashkil etib, farzandlarni bu mulkda ulushi mavjud emas. Mulkka (otasining ulushiga) nisbatan meros huquqi esa mulkdorning vafotidan keyingina yuzaga keladi. Eringiz bilan mulkni bo`lish haqida o`zaro kelishuv bitimi tuzilganda, bolalarni nizoli turar-joydan foydalanish huquqi qay tartibda hal qilinganligiga e`tibor bering.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1