1

​«XORIJDA KELINIMIZ BOR...»

Savol-javob 29.12.2017, 16:42
​«XORIJDA KELINIMIZ BOR...»

Murojatlarga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi. Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.

— O`g`lim xorijda tahsil olish davomida xitoylik kursdoshini yoqtirib qolib, unga uylandi. To`yda ishtirok etolmaganimiz bois Toshkentga qaytishsa, el oldiga dasturxon yozib, ma`lum qilamiz, degandik. Bir necha haftalardan so`ng ular qaytishadi. Ammo meni o`ylantirayotgani bu emas. O`g`lim xorijda nikohdan o`tgan, O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikoh dalolatnomasi bizda tan olinadimi? Shundan xavotiridaman?

Ismi sir tutiladi.

— O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasida tuzilgan hamda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`rtasida tuzilgan nikohlar, agar nikohni tuzishga monelik qiladigan holatlar bo`lmasa, O`zbekiston Respublikasida ham haqiqiy deb e`tirof etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1