AsosiyIqtisodiyot

1 YaNVARDAN BOShLAB IShLAB ChIQARUVChI TAShKILOTLAR UChUN TABIIY GAZ UChUN TO`LOV NARXI KO`TARILDI

'1 YaNVARDAN BOShLAB IShLAB ChIQARUVChI TAShKILOTLAR UChUN TABIIY GAZ UChUN TO`LOV NARXI  KO`TARILDI'ning rasmi

O`zbekistonda 2018 yil 1 yanvardan tadbirkorlar foydalanilgan tabiiy gaz uchun to`lovlarni yangi tartibdagi tariflarda amalga oshirishadi. Bu hada «Kun.uz» saytida ma`lum qilingan.

Pishirilgan g`isht, asfalt, sement ishlab chiqaruvchi, gips va ohaktosh qazib olib, qayta ishlovchi, beton va temir-beton ishlab chiqaruvchi korxonalar, issiqxona va issiqxona-parnik xo`jaliklari, chinni va fayansdan buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, gips-karton, yo`lakbosh va keramika plitalari, bruschatkalar, keramik va sement-qum cherepisalar, quruq qurilish aralashmalari, shuningdek, quvur buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, muayyan xizmatlar ko`rsatuvchi restoranlar, kafelar va boshqa umumiy ovqatlanish ob`ektlari (mehmonxonalar va ularga tegishli bo`lgan ob`ektlar bundan mustasno)ga tabiiy gaz to`lovi 1 kub.m uchun 1000 so`m etib belgilandi.

Ma`lumot uchun, bungacha, 2017 yilning 15 iyulidan e`tiboran iste`molchi tashkilotlar uchun 1 kub.m tabiiy gaz narxi 263,4 so`m edi. Shu tariqa, narxlar tabiiy gaz uchun qariyb 4 baravar oshmoqda.

    Boshqa yangiliklar