1

O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI MOLIYa VAZIRLIGIGA 490 YIGIT-QIZNI TAVSIYa QILDI

Iqtisodiyot 05.01.2018, 22:02
O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI MOLIYa VAZIRLIGIGA 490 YIGIT-QIZNI TAVSIYa QILDI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratib, sohani nopok kadrlardan tozalash zarurligini ta`kidladi.

Shu kunlarda Moliya vazirligida bu borada qator amaliy sa`y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, vazirlik va uning quyi bo`g`inlaridagi vakant ish o`rinlariga yuksak ma`naviyatli, yangicha fikrlaydigan, bilimli, tashabbuskor, halol va fidoyi yoshlarni jalb qilish, yangi avlod kadrlari zaxirasini yaratish borasida aniq vazifalar belgilandi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizdagi iqtisodiyot yo`nalishiga ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar va talabalardan nomzodlar zaxirasini yaratish borasida ishlarni boshlab yubordi. Yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e`lonlar asosida moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3 ming 100 dan ziyod yigit-qiz orasidan 490 nafari saralanib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi. Shuningdek, vazirlikning Yoshlar etakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushgan.

Ayni kunlarda Moliya vazirligi tizimidagi mavjud bo`sh ish o`rinlarini zamonaviy ko`nikmalar, innovasion g`oyalarga ega bo`lgan, Vatanni sevadigan, xalqparvar kadrlar, fidoyi yosh mutaxassislar bilan to`ldirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Vazirlik mutasaddilari Prezidentimizning Murojaatnomasida bildirilgan tanqidiy fikrlar asosida o`z faoliyatlarini tahlil qilib, qaytadan ko`rib chiqmoqda.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratib, sohani nopok kadrlardan tozalash zarurligini ta`kidladi.

Shu kunlarda Moliya vazirligida bu borada qator amaliy sa`y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, vazirlik va uning quyi bo`g`inlaridagi vakant ish o`rinlariga yuksak ma`naviyatli, yangicha fikrlaydigan, bilimli, tashabbuskor, halol va fidoyi yoshlarni jalb qilish, yangi avlod kadrlari zaxirasini yaratish borasida aniq vazifalar belgilandi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizdagi iqtisodiyot yo`nalishiga ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar va talabalardan nomzodlar zaxirasini yaratish borasida ishlarni boshlab yubordi. Yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e`lonlar asosida moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3 ming 100 dan ziyod yigit-qiz orasidan 490 nafari saralanib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi. Shuningdek, vazirlikning Yoshlar etakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushgan.

Ayni kunlarda Moliya vazirligi tizimidagi mavjud bo`sh ish o`rinlarini zamonaviy ko`nikmalar, innovasion g`oyalarga ega bo`lgan, Vatanni sevadigan, xalqparvar kadrlar, fidoyi yosh mutaxassislar bilan to`ldirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Vazirlik mutasaddilari Prezidentimizning Murojaatnomasida bildirilgan tanqidiy fikrlar asosida o`z faoliyatlarini tahlil qilib, qaytadan ko`rib chiqmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1