1

ShAVKAT MIRZIYoEV: ELEKTRON SAVDOLARNI YO`LGA QO`YISh VAQTI KELDI

Iqtisodiyot 06.01.2018, 09:19
ShAVKAT MIRZIYoEV: ELEKTRON SAVDOLARNI YO`LGA QO`YISh VAQTI KELDI

2017 yildan mamlakatimizda 10-11 sinflar tashkil qilingani natijasida kasb-hunar kollejlarining mavjud binolaridan samarali foydalanish choralari ko`rilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Prezidentga Oqqo`rg`on tumanidagi sobiq kasb-hunar kollejlari binosidan samarali foydalanish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, hunarmandchilik to`garaklari tashkil etish taklifi bildirildi. Oqqo`rg`on qurilish va kommunal xo`jaligi kolleji binosida yoshlarni kasbga tayyorlash va migrasiya markazini tashkil etish, tumanda tashkil etilgan «Jamoatchilik markazi», «Oqqo`rg`on savdo markazi» kabi loyihalar o`rin olgan.

Bo`sh turgan ob`ektlarni sotishda ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilish zarur. Buning uchun elektron savdolarni yo`lga qo`yish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu erda tuman markazini shaharsozlik tamoyillari asosida qayta qurish, eski bozorni yangi joyga ko`chirish va o`rnida ko`rkam bog` borpo etish, shahar Bosh rejasi loyihasi taqdimoti bo`lib o`tdi. Prezidentimiz loyihalar bilan tanishar ekan, ularni takomillashtirish, yangi ish o`rinlarini yaratish lozimligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1