1

1 APRELDAN BOShLAB QQS BO`YIChA ALOHIDA IMTIYoZLAR BEKOR QILINADI

Iqtisodiyot 06.01.2018, 12:35
1 APRELDAN BOShLAB QQS BO`YIChA ALOHIDA IMTIYoZLAR BEKOR QILINADI

29.12.2017 yildagi O`RQ–454-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.

SKning 208-moddasida QQSdan ozod etiladigan realizasiya qilish oborotlari aks ettirilgan, ular orasida quyidagilar keltirilgan:

• gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;

• geologiya va topografiya ishlari;

• bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizasiya qilish bilan bog`liq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari);

• O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O`zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;

• vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza bo`linmalari o`tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari.

2018 yil 1 apreldan boshlab yuqorida sanab o`tilgan ishlar va xizmatlar turlarini realizasiya qilish oborotlari imtiyozlanadiganlar jumlasidan chiqarib tashlandi. Ulardan QQS belgilangan tartibda to`lanadi.

Imtiyozlar faqat bosma mahsulotlar – milliy valyuta (kupyura), kitob mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarining davriy bosma nashrlari (reklama tusidagi bosma nashrlar bundan mustasno), daftarlar hamda rasm va chizmachilik albomlari uchun saqlanib qolinadi.

Bundan tashqari, 2017 yilda qonunchilik bilan belgilangan ro`yxat bo`yicha import qilingan yog`och-taxta materiallari va yog`ochning bojxona rasmiylashtiruvida import qiluvchilar QQS to`lamas edilar. Bunda mazkur imtiyoz ham yuridik, ham jismoniy shaxslar tomonidan qo`llanilishi mumkin edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1