AsosiyJamiyat

Coca-Sola’ning egasi o`zgaradi

O`zbekiston hukumati “Davlat mulkidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni tasdiqladi. 

Mazkur hujjatga asosan, bir qator mulk ob`ektlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarga bepul asosda beriladi. Mazqur qaror davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qolaversa, davlat mulkidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

Yangi egalarga topshiriladigan ob`ektlardan biri-yaxna ichimliklarni ishlab chiqaradigan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” korxonasidir. Ushbu qo`shma korxonaning 57,12 foizdagi davlat ulushi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasi huzuridagi davlat aktivlarini boshqarish Markaziga boshqaruv huquqi asosida beriladi. 

    Boshqa yangiliklar