1

2018 YILDA O`ZBEKISTONDA NEChTA PAXTA-TO`QIMAChILIK KLASTERI FAOLIYaTI BOShLAYDI?

Iqtisodiyot 07.01.2018, 20:30
2018 YILDA O`ZBEKISTONDA NEChTA PAXTA-TO`QIMAChILIK KLASTERI FAOLIYaTI BOShLAYDI?

Joriy yildan boshlab O`zbekistonda to`qimachilik sanoatini rivojlantirishning samarali shakllaridan biri klasterlarni tashkil etishga alohida e`tibor qaratiladi.

Birgina Toshkent viloyatining Piskent, O`rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Oqqo`rg`on va Bo`ka tumanlarida paxta-to`qimachilik klaster loyihalari amalga oshiriladi. Xususan, Quyi Chirchiq tumanida 2018-2020 yillarda paxta etishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayonni o`zida to`la jamlagan klaster loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu maqsadlar uchun 59 million dollardan ziyod investisiya jalb etiladi, 600 dan ortiq ish o`rni yaratiladi.

Joriy yilda mamlakatimizda 60 dan ziyod ana shunday loyiha amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Mazkur model paxta xom ashyosini etishtirish, dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo`shilgan qiymatli tayyor to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o`z ichiga olgan yagona ishlab chiqarish siklini tashkil etishni ko`zda tutadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni bilan paxta-to`qimachilik klasterlarini o`rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo`yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1