Qozog`istonda 30 foizdan ortiq erkaklar bepushtlikning har xil turlaridan aziyat chekishmoqda. Bu haqda BNews.kz xabar beradi.
Tekshiruvdan o`tgan 20 ming erkakning 56 foizida “erektil disfunksiya” kasalligi aniqlangan. Shuningdek, tekshirilgan erkaklarning 30% bugungi kunda turli xildagi bepushtlik kasali bilan aziyat chekadi. 15% tekshirilganlarda arterial gipertoniya, 72% qandli diabet xastaligi aniqlangan.
Bundan tashqari shifokorlar tomonidan tekshirilgan 458 boladan 90,3% patologiya aniqlangan bo`lib, ularda tug`ma va orttirilgan shamolash mavjud.