AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qurolli Kuchlar akademiyasida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev Qurolli Kuchlar akademiyasida bo`ldi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi arafasida yangidan qurib bitkazilgan Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumki, Prezidentimiz 2017 yilning yanvar oyida Toshkent oliy umumqo`shin qo`mondonlik bilim yurtida bo`lib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar bergan edi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi.

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta`lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. O`quv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, o`quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan.

Prezidentimiz Akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O`quv xonalari, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bo`lib, ularning ta`lim olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishini ko`zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbari kursantlar bilan suhbatlashdi. Ularni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabrikladi. Ajdodlarimizga munosib avlod bo`lib, harbiy, dunyoviy bilimlarni puxta egallashi lozimligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar