AsosiySiyosat

2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamada. Unda faol ishtirok eting!

'2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamada. Unda faol ishtirok eting!'ning rasmi

«Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili» 2018 yil Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilindi.

Davlat dasturi 237 ta banddan iborat. Unda O`zbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasi, shuningdek 2017−2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasida belgilangan maqsad, g`oya va vazifalar o`z aksini topgan.

Loyiha muhokamasi 15 yanvargacha davom etadi. Muhokamalarda faol ishtirok eting, sizning fikringiz muhim!

    Boshqa yangiliklar