AsosiyJamiyat

Paynet'da kommissiya ushlab qolish xolati yuz bersa...

Uzpaynet kompaniyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan “To`lov agentlik tarmog`i orqali jismoniy shaxslardan to`lovlarni qabul qilish bo`yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi” Nizomga muvofiq PAYNET shaxobchalari orqali to`lovlarni amalga oshirganda to`lovchilardan olinadigan barcha kommisiyalar 2014 yil 19 martdan boshlab bekor qilinganligi haqida avval ma`lum qilgan edi.

Nizomga asosan to`lov agenti o`z xizmatlari uchun har qanday qo`shimcha mablag` (ustama narx) belgilashga va to`lovchilardan undirishga haqli emas. Shu munosabat bilan, amalga oshirilgan har qanday to`lovlar qo`shimcha mablag` to`lanishi shartisiz va komissiyasiz abonent hisobiga (shaxsiy raqamiga) to`liq xolda o`tkaziladi.

Ya`ni, abonent 4000 so`m miqdorda to`lov kiritganda uning hisobi (shaxsiy raqami) 4000 so`mga to`ldiriladi.

UZPAYNET kompaniyasi abonentlardan PAYNET shaxobchalarida to`lovlarni amalga oshirganlaridan so`ng operatordan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki (yoki plastik kartochkalar asosida to`langanda hisob-kitob terminalining cheki) va PAYNET dasturiy-apparat majmuasi chekini talab qilib olishlarini so`raydi.

Agar to`lovlarni amalga oshirish vaqtida PAYNET to`lov shaxobchasi operatori tomonidan Sizga cheklarni bermasligi va qo`shimcha haq olishi yoki to`lovingizdan kommissiya (ustama narx) ushlab qolishi xolatlari yuz bersa Sizdan:

-       Toshkent shahri, Furqat ko`chasi, 10 uy manzilda joylashgan kompaniyaning bosh ofisiga,

-       (99871) 202-07-07 raqamlar orqali kompaniyaning Call Centre (qo`ng`iroqlarni qabul qilish markazi) ga murojaat qilishingizni so`raydi.

Shu bilan birgalikda xabarlarni:

-hat@paynet.uz elektron pochta manziliga, yoki kompaniyaning www.paynet.uz internet sahifasidagi info@paynet.uz elektron pochta manziliga va

- (99871) 244-67-04 telefon raqamiga faks orqali jo`natish mumkin.

    Boshqa yangiliklar