1

Toshkent viloyatida nechta mas`ul shaxs ishdan olindi?

Siyosat 13.01.2018, 12:14
Toshkent viloyatida nechta mas`ul shaxs ishdan olindi?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 5-6 yanvar kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi chog`ida 2017 yilning IV – choragi uchun mahalliy byudjet daromadlari rejasi ijrosini ta`minlamagan tuman (shahar) moliya, soliq organlari va bank boshqaruvchilari faoliyatiga tanqidiy baho berish bo`yicha topshiriq bergan edi.

Davlatimiz rahbarining topshirig`iga muvofiq, mahalliy byudjet daromadlari rejasi ijrosini ta`minlamagan viloyatning 10 ta tuman (shahar) moliya, soliq va bank rahbarlari faoliyati tanqidiy o`rganib chiqildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

O`zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyatini samarali tashkil eta olmagan, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni bajarishda mas`uliyatsizlik va sovuqqonlik qilgan 3 nafar moliya bo`limi mudir, 3 nafar bank boshqaruvchisi hamda 5 nafar soliq xizmati organi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarni to`liq ta`minlamagan 7 nafar moliya bo`limi mudiri hamda 5 nafar soliq xizmati rahbarlariga ish haqidan jarima qo`llanildi hamda ular 2018 yil I - choragi yakuniga ko`ra faoliyatida jiddiy o`zgarish qilmagan taqdirda egallab turgan lavozimidan ozod etilishi to`g`risida jiddiy ogohlantirildi.

Vakant ish o`rinlariga zahiradagi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashining tavsiyasiga asosan yosh, vatanparvar va davlatimiz ravnaqiga hissa qo`shishga shijoat bilan yondashadigan yosh mutaxassislarbilan to`ldirildi.

Jumladan, Yoshlar ittifoqining hududdagi faol a`zolari bilan suhbat o`tkazilib, ular orasidan Sh. Ro`zmatov (28 yosh) O`rtachirchiq tumani moliya bo`lim mudirligiga tayinlandi. Oqqo`rg`on tumani moliya bo`limi mudirligiga Z.Umarov (30 yosh) tayinlandi.

Davlat va mahalliy byudjet daromadlar rejasi ijrosini tizimli ta`minlash maqsadida Moliya vaziri o`rinbosarlari va Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosarlari hamda markaziy apparatning boshqarma boshliqlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga mas`ul etib biriktirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1