AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov 14—21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi

'Abdulaziz Komilov 14—21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 14−21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston delegasiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining «Ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi «Xavfsizlik va taraqqiyotning o`zaro bog`liq modeli sifatida Afg`oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo`lga qo`yish» mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O`zbekiston—AQSh muzokaralarini o`tkazish ham nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar